ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Real" uchunchi liga jamoasidan mag’lubiyatga uchradi: uning tarkibi 300 marta arzonroq

1129 23.01.2021 17:40

“Real” yarim asosiy tarkibi bilan Ispaniya Kubogida uchinchi division vakili “Alkoyano”ga mag’lub bo’ldi (1:2)


Barchasi Madrid uchun ko’ngildagidek ketayotgan edi: 75/25 to’p nazorati, 8:1 darvozaga zarbalar, 80-daqiqada Militaoning goli evaziga oldinda borayotgandi.


Ammo “Alkoyano” burchak zarbasidan hisobni tenglashtirdi (Ramon Lopesning to’p uzatishi va Xose Solbesning uzoq burchakka zarbasi), Zidanga esa artilleriyasi ham yordam bera olmadi – ikkinchi bo’limda Benzema maydonga tushgandi, qo’shimcha daqiqalarda Azar, Asensio va Krosslar maydonda paydo bo’ldi. Lopes Kazemironing oyog’iga tashlanib, ikkinchi sariq kartochkasini oldi va qizilga aylanib maydonni tark etdi.

Oradan besh daqiqa o’tib favorit o’rniga “Alkoyano” gol urdi. Maydonga yangi tushgan Xavyer Anton himoyachilarni aldab o’tdi va darvozaga to’p yo’lladi.


Lunin birinchi bor “Real”ning rasmiy o’yinlarida maydonga tushgan edi. Uning debyuti boshqalarnikidan ko’ra dahshatliroq bo’ldi.


Zidanning yuzi ko’p narsani anglatadi.

O’yinning yana bir qahramoni darvozabon Xose Xuan haqida hali gapirmadik. 41 yoshli darvozabon (25 kundan so’ng 42 ga kiradi) futbol olamida 23 yildan beri bor, shundan buyon faoliyati davomida faqat bir marta elita vakillariga qarshi o’ynagan: 2003-yilda “Selta”ga qarshi. Xuan “Real”ga qarshi o’yinda 10 ta seyv amalga oshirdi, uning yordami bilan jamoa keyingi bosqichga chiqdi.


“Hech qanday qo’shimcha maosh ko’rib chiqilmadi – deya aytib o’tdi o’yindan so’ng “Alkoyano” bosh murabbiyi Antonio Yustisiya. – Agarda Xose Xuan plyajdan xonadon so’rasa, men uni berishim mumkin!”

Xuan Zidandan bor-yo’g’I 6 yosh kichkina va “Real”ning barcha futbolchilaridan yoshi katta. Xose futbolda debyutini o’tkazganda Marselo 10 yoshda bo’lgan, Madridning to’rtta asosiy tarkibda tushgan futbolchisi esa hali tug’ilmagan ham edi.


“Alkoyano”ning tarkibi Transfermarktda 2,6 mln yevroni tashkil etadi. “Real”ning har bir futbolchisi jamoadan qimmat, umumiy hisobda esa Madrid tarkibi 300 baravar qimmatroq – 782 mln!


“Alkoyano” birinchi bor “Real”ni mag’lub etayotgani yo’q – ha,ha bu aynan o’sha uchinchi division vakili.


“Alkoyano” yuqori ligada 4 marta ishtirok etgan (oxirgi marta – 1950/51 yilgi mavsum), odatda, tezda Segundaga tushib ketardi. Lekin 1947/48 yilgi mavsumda u La Ligada qoldi. “Real”ni musobaqa jadvalida ortda qoldirdi. Madrid jamoasiga biror marotaba mag’lub bo’lmasdan (2:1, 2:2).


“Real” 1936-yildan buyon biror marotaba chempionlikka erishmagan. Bu Madrid tarixidagi eng yomon davr. Jamoa mavsumni 11-o’rinda yakunlagan bo’lsa, “Alkoyano” 10-o’rinda yakunlagan.


Hozir ham “Alkoyano” “Real”dan ustun – endi Kubokda.