
2020-yilning oktyabrida Klopp “Liverpul”ga kelganiga 5 yil bo’lganini nishonladi. Nemis murabbiyi jamoa bilan nufuzli sovrinlarni qo’lga kiritdi. Buning uchun u jamoani o’zi istagandek qura oldi. Yurgen bu sovrinlarni – Muhammad Saloh, Virjil Van Deyk, Sadio Mane, Alisson, Fabinyo kabi futbolchilarni transferisiz qo’lga kirita olmasdi.
Barchada bo’lgani kabi, Kloppda ham xatolar bo’ldi. Bugun Yurgen Kloppning 5 ta transfer xatosi haqida suhbatlashamiz.
Ardian
Transfer sanasi: 2019-yil, 5-avgust
Transfer narxi: erkin agent
Qayerdan keldi: “Vest Hem”
2019-yilning yozida jamoadan ketgan Simon Minyole o’rnini to’ldirish uchun darhol darvozabon izlandi. Albata, asoiy tarkibda Alisson bo’lsa, zahira darvozaboniga imkoniyat berilish yoki berilmaslik dargumon. Lekin baribir yaxshi darvozabon kerak edi.
Klopp Adrian variantida to’xtadi. Ispaniyalik futbolchi “Qizillar”ning bir nechtagina o’yinida qatnashdi. Muxlislar hafsalasini pir qildi. 34 yoshli darvozabon bosimga bardosh bera olmadi. Uchinchi darvozabon Kuivin Kellexer undan ishonchliroq edi.
Konstantinos Simikas
Transfer sanasi: 2020-yil, 10-avgust
Transfer narxi: 13 mln yevro
Qayerdan keldi: “Olimpiakos”dan
O’tgan yili yozda “Liverpul” Endryu Robertsonga zahira sifatida futbolchi izladi. Klopp va rahbariyat Konstantin Simikas variantida to’xtadi.
Simikan Premyer-ligada birorta o’yin o’tkazmadi. Chempionlar ligasida uchta o’yinda maydonga tushdiva Angliya Liga kubogida “Linkoln Siti”ga qarshi o’yinda maydonga tushdi. Bu o’yinlarda futbolchi o’zini ko’rsata olmadi, aksincha, asosiy tarkibga nomunosib degan tanqidlar ostida qolib ketdi.
Albatta, Simikas hali o’zini ko’rsatishi uchun imkoniyat bor, lekin koronavirus pandemiyasi bo’lmaganida Klopp uni sotib olmagan bo’lardi.
Dominik Solanke
Transfer sanasi: 2017-yil, 10-iyul
Transfer narxi: erkin agent
Qayerdan keldi: “Chelsi”dan
Dominik Solanke 2014-yilda Yevropa yoshlar chempionatini yutdi, oradan uch yil o’tib, 20 yoshlilar o’rtasida Angliya bilan jahon chempioniga aylandi. 2015-yilda Dominik “Chelsi” safida yoshlar o’rtasidagi UEFA chempionati g’olibi va to’purariga aylandi. Uni akademiyaning eng yaxshi bitiruvchisi deya e’tirof etishardi. Uning kelajagi porloq edi. 2017-yilda Klopp futbolchini “Liverpul”ga olib kelish uchun kurashdi.
Solanke “Liverpul”da bir yarim yilini o’tkazdi. Klopp uni doimo maydonga tushirdi. Shunday qilib u 27 ta o’yinda maydonga tushdi va bor-yo’g’i 1 ta gol urishga muvaffaq bo’ldi. Yurgen undan juda ko’p narsa kutgan edi.
Nabi Keyta
Transfer sanasi: 2018-yil, 1-iyul
Transfer narxi: 60 mln yevro
Qayerdan keldi: “Leypsig”dan
Keytaning transferi 2017-yilda e’lon qilingan edi, ammo bir yil o’tib u “Liverpul”ga kelib qo’shildi. “Leypsig”da u jamoaning haqiqiy yetakchisi edi, “Liverpul” shuning uchun unga juda katta narx sarflashga cho’chimadi.
Afsuski, Keyta jamoaga moslashib keta olmadi. Klopp unga maydonda ko’proq imkoniyat berishga harakat qildi, lekin doimiy jarohatlar uni asosiy tarkib futbolchisi bo’lishiga to’sqinlik qilardi. Keytaning hozirgi shartnomasi 2023-yilgacha mo’ljallangan, lekin futbolchiga rahbariyat yangi shartnoma taklif qilmasa kerak.
Lorius Karius
Transfer sanasi: 2016-yil, 1-iyul
Transfer narxi: 6,2 mln yevro
Qayerdan keldi: “Mayns”dan
Kloppning ilk transferlaridan biri bo’lmish Karius sobiq jamoasida yaxshigina obro’ga ega edi. Unga bir qancha grand jamoalar qiziqishayotgandi. “Liverpul”da esa u avvalgi formasini tiklay olmadi.
Muxlislar uning 2017/18 yilgi Chempionlar Ligasidasi finalidagi harakatlarini unutishmaydi. Shundan beri rahbariyat uni ijaraga berib yuboradi. “Beshiktosh”da ham doimiy xatolari evaziga klub uni sotib olishdan bosh tortdi. Keyin esa “Union” futbolchini ijaraga oldi. Ammo hozircha birorta o’yinda maydonga tushmadi.