ONSIDE | Futbol yangiliklari

Gvardiola Garsiyani "Barselona"ga o'tishini kutmoqda

123 25.01.2021 10:31

"Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya "Barselona"ga o'tadi, deb xabar berdi Sky Sports.


Manbaning xabariga ko'ra, "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning fikricha, 19 yoshli ispaniyalik futbolchi shartnomasini uzaytirishdan bosh tortganidan keyin "Barselona" safiga qo'shiladi.


Eslatib otamiz, Erik Garsiya "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2017-yili "Manchester Siti"ga o'tgandi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.