ONSIDE | Futbol yangiliklari

Edegor "Arsenal" bilan shartnoma imzolash uchun Londonga uchib ketdi

275 25.01.2021 10:46

"Real Madrid"ning norvegiyalik futbolchisi Martin Edegor "Arsenal" bilan shartnoma imzolash uchun Londonga uchib ketdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.


Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi bugun "Arsenal"ga ijaraga o'tishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tadi.


Ushbu mavsumda Edegor "Real" safida Ispaniya chempionatida 7ta o'yin o'tkazib, jami 233 daqiqa o'ynadi. Shuningdek, Chempionlar Ligasida ham 2ta uchrashuv o'tkazdi.


Eslatib otamiz, Martin Edegor 2015-yilda Norvegiyaning "Stryomsgodset" klubidan "Qirollik klubi" safiga o'tgan.


Oldinroq futbolchining maoshini London klubi to'liq to'lashi haqida xabar berilgandi. Ta'kidlanishicha, "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Artetaning Edegorga qo'ng'irog' qilgani uning "Arsenal" taklifini qabul qilishga sabab bo'lgan.


Shuningdek, "Real" "Arsenal"ga Edegorni ijaraga olish shartnomasida, uni to'liq sotib olish imkoniyatini bermasligi ma'lum bo'ldi.