ONSIDE | Futbol yangiliklari

Benteke "Vest Bromvich"ga o'tishi mumkin

113 25.01.2021 11:10

"Kristal Pelas"ning belgiyalik hujumchisi Kristian Benteke "Vest Bromvich"ga o'tishi mumkin. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.


Manba xabariga ko'ra, "Vest Bromvich" bosh murabbiyi Sem Ellardays 30 yoshli belgiyalikni o'z jamoasida ko'rishni istamoqda. Biroq klubda Benteke tarnsferi uchun yetarli mablag bolmaganligi sababli, klub hujumchini faqat mavsum oxirigacha ijaraga olishi mumkin.


Joriy mavsumda Benteke Premer Ligada 13ta o'yin o'tkazib, 3ta gol urdi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2021-yilning yozida yakuniga yetadi.