ONSIDE | Futbol yangiliklari

Rossiyalik futbolchi "Fiorentina" bilan shartnoma imzolash maqsadida Italiyaga jo'nab ketd

230 25.01.2021 11:32

"Fiorentina"ning yangi futbolchisi Aleksandr Kokorin shartnoma imzolash uchun Italiyaga uchib ketdi. Bu haqda futbolchining do'sti Gennadiy Kuropatkin Instagram sahifasida xabar berdi.


"Omad tilayman", - deb yozdi Kuropatkin, Kokorin bilan tushgan fotosuratini joylashtirib.


Oldinroq, "Spartak"ning sobiq forvardi "Fiorentina" bilan 2024-yilgacha shartnoma imzolashi haqida xabar berilgandi. Italiya klubi futbolchi uchun "Spartak"ga 4,5 million yevro to'lagan. Rossiyalik futbolchi ertaga yangi klubida ilk mashg'ulotini o'tkazadi.


29 yoshli Kokorin "Spartak" tarkibida 2020-yil avgustidan beri o'ynab kelayotgandi. Rossiya chempionatining joriy mavsumida Kokorin 8ta uchrashuvda 2ta gol urdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.


"Zenit" tarkibida hujumchi Rossiya chempioni va Rossiya Superkubogi (2016) g'olibiga aylandi. Shuningdek, u "Dinamo", "Anji" va "Sochi" klublarida o'ynagan.


Aleksandr Rossiya terma jamoasi tarkibida 48ta uchrashuv o'tkazgan va 12ta gol urgan.