ONSIDE | Futbol yangiliklari

Irqchilar irqchilarga qarshi. Edinson Kavanining muhokamalarga sabab bo’lgan jazolanishining tarixi

1422 25.01.2021 11:47

“Manchester Yunayted” futbolchilari Sautgempton tomonga ketish uchun samolyotga chiqishganda, barchalarining kayfiyati yuqori edi. Jamoa navbatdagi o’yinda g’alaba qozongan va musobaqa jadvalida yuqorilagan edi. Edinson Kavani qo’shimcha daqiqalarda g’alaba golini kiritgan edi. O’yin qahramoni qo’loqchinlarini taqqan holda do’stlarining tabriklarini o’qib o’tirgan edi.


U bexosdan munozaralarga aralashib qolganini o’zi ham sezmadi. Do’sti Pabo Fernandesga instagramdan xabar yo’llashi 3 o’yinlik diskvalifikatsiyaga sabab bo’lishini bilmagandi.


Fernandes “Asi te quiero Matador!” (Men seni yaxshi ko’raman, Matador!) deb suhbatni boshlagan edi. El Matador deya laqab olgan Kavani javoban emojilar orqali qo’l silkidi va uning laqabi bilan murojaat qildi.


“Gracias Negrito”


Ikki do’stning shunchaki suhbatidan so’ng samolyot Manchesterga qo’nggach, urugvaylik futbolchining telefoni qo’ng’iroqlardan bo’shamadi. U uyga qaytgach jamoa rahbariyatidan qo’ng’iroq bo’ldi va “bo’ron” boshlanayotgani haqida xabar qildi. Kechgi sakkizlarda, u “yuborish” tugmasini bosganidan keyin 2,5 soat o’tgach u xabarni o’chirib tashladi. Keyin u ommadan uzr so’radi. “Men hech kimni kamsitmoqchi emasdim” deb aytdi, nega angliyaliklarga bu so’z qattiq botganini tushunmasdan.


Keyin yoqimsiz muhokamalar boshlandi. Bu Kavanining yangi mamlakat haqidagi fikrlarini o’zgartirib yuborishi mumkin edi. Bu vaqtda Angliya va Urugvay futbol assotsiatsiyalari nizoga borib qolishdi. Buning hammasi Urugvay futbolchilar assotsiatsiyasining  murojaat bilan chiqishiga sabab bo’ldi. Ular angliyaliklarni Urugvay xalqini turmush tarzi va madaniyatini kamsitishda aybladi.


KONMEBOL, Janubiy Amerika futbol federatsiyasi ham bu so’zlarni takrorladi. Ular ham angliyaliklar “negrito” so’zini tushunmasligini aytib o’tdi.


Futbolchilar assotsiatsiyasi vakili Mitchell Duarte ham o’z fikrini bildirib o’tdi: “Tasavvur qiling, bizning bolalarimiz o’zlari har kun eshitadigan so’zni aytgan Kavani jazolanganini o’qib o’tirishsa. Onalar farzandlariga shunday murojaat qilishadi. Bu shunchaki pozitiv so’z,xolos. Madaniyatimiz shunaqa. Bu bizni urf-odatlarga qilingan hujum. Bu Urugvay madaniyatining kamsitilishi”.


Nima uchun Kavanini ayblashdi va uchta o’yinga chetlatishdi?


Gap shundaki, Kavanining kuzatuvchilari 7,9 mlnni tashkil etadi, ulardan ko’pchiligi angliyaliklar. Ular esa Edinsonning ishlatgan so’zini haqorat deb qabul qilishlari tabiiy edi. Kavani shaxsiy maktublarida do’sti bilan yozishishi lozim edi.


Butun Urugvayning bu qarordan jahli chiqdi. Kavani haqiqiy kamsitilishning qurboni bo’ldi.


“Sen to’p surayotgan joyingni qonunlariga rioya etishing kerak. Kavani Angliyada to’p suradi, u ishlatgan so’z esa bu yerda haqorat hisoblanadi”.


Eng hayratlanarlisi, futbolchi Assotsiatsiyaning qaroriga qarshi chiqmadi. Zoomdagi suhbatda u o’zini aybdor hisoblamasada, jim o’tirishni ma’qul ko’rdi. Rahbariyatning so’zlariga ko’ra u Assotsiatsiyaning irqchilikka qarshi dasturini qo’llab-quvvatlash maqsadida shunday qildi.


Klub ham, Sulsher ham bu masala borasida bosh qotirishni istamadi. Shunchaki unutib yuborish tarafdori bo’lishdi.


Ander Errera – “MYU”ning sobiq futbolchisi va Kavanining “PSJ”dagi jamoadoshi: “Agar shunday holatda ham futbolchi chetlatilayotgan bo’lsa, dunyo aqlidan ozibdi”.