ONSIDE | Futbol yangiliklari

Yohan Kroyf – Afsona. 1-qism

252 03.02.2021 09:29

Yohan 1947-yil 25-aprelda Amstedam shahrida tavallud topgan. Urushdan keyingi Yevropada yashash istalgan inson uchun, ayniqsa, bolalar uchun qiyin edi. Yohanning otasi sabzavot do’konida, onasi esa Amsterdamning mashhur klublaridan birida kir yuvuvchi bo’lib ishlagan.  Shunday qilib taqdir Yohanni “Ayaks” sari yetakladi. Albatta, taqdir emas, bo’lajak futbolchining onasi uni o’sha yerga olib borgan. Farzandini futboldan boshqa narsa qiziqtirmaganini ko’rgan ona akademiyadan uni olishlarini so’radi. Bo’sh vaqtlarida aka va uka futbol sirlarini o’rganishni boshladi.


"AYAKS"

“Ayaks”ning yoshlar jamoasiga qo’shilgan Kroyf murabbiy va jamoadoshlarini hayratlantirishni boshladi. Birinchidan, u texnik jihatdan juda kuchli edi, Ikkinchidan, u barchaga futbol o’ynashni o’rgatdi.Jamoadagi boshqa hujumchilar, murabbiylar, darvozabonlarga pozitsion va texnik xatolarini ko’rsatar edi.


16 yoshida Yohan “Ayaks”ning asosiy jamoasiga qo’shild. O’sha paytda bosh murabbiy Rinus Mixels edi. Gollandiyalik murabbiy Kroyfning iste’dodini ko’ra bildi va shu bilan birga uning axloqidagi muammolarni ham e’tibordan chetda qoldirmadi. Kroyf ichkilik va bazmlarga berilib ketgan edi.


Mixels jamoada tartib bo’lishini istardi, shuning uchun u Kroyfni kuzatishdan ham toymadi. Uni bazmlarda ushlab olar edi. U futbolchi jazolash maqsadida navbatdagi o’yinga tushirmasdi.

Yohan “Ayaks”da 10 yil o’ynadi va qoyilmaqom natija qayd etdi – 8 marta Niderlandiya chempioni, 5 marta Niderlandiya Kubogi, 3 marta Yevropa Chempionlari Kubogini qo’lga kiritgan. Kroyf esa dunyoning istalgan klubi orzu qiladigan futbolchiga aylandi. Uning o’zi esa Alfredo Di Stefanoni o’z kumiri deb hisoblardi.


Shunga qaramasdan, Yohan Di Stefanoga ba’zi jihatlardan o’xshashni istamas edi. “Real” afsonasining o’yinlarini yoqtiradigan futbolchi “Barselona”ni tanladi.


"BARSELONA"

Kroyfning “Barselona”ga o’tishi futbolchiga ijobiy ta’sir qildi. U o’z ishini sidqidildan bajaradigan bo’ldi, jamoa uchun jon kuydirishni boshladi.

Yohan Kroyf – shaxsiy agentga ega bo’lgan birinchi gollandiyalik futbolchi. Agenti o’zining qaynotasi Kor Koster. Ular birgalikda bozordagi ahvolni, mos keladigan shartnomalarni, jamoa homiylarini muhokama qilishar edi. Kroyf pulga intervyu beradigan bo’ldi – axir u afsona edi.


Kroyf uchun “Barselona” juda qimmat pul to’lagan – 900 000 funt. Jamoa 1973-yilda 12 yildan buyon sorin yuta olmayotgan edi. Pul ko’p edi, ammo sovrin yuta olmasdi.Kroyfning “Barselona”ga o’tishi sababi sobiq murabbiyi Rinus Mixels kataloniyaliklar  bosh murabbiyi edi. Murabbiy o’z futbolchisini jamoasida ko’rishni istadi.


Qaror to’g’ri qabul qilingan edi – Kroyf ilk mavsumidayoq “Barselona” bilan Ispaniya chempionligini qo’lga kiritdi. To’g’ri, undan keyin bunday yorqin sovringa erisha olmadi, Ispaniya Kubogi, ketma-ket uch marta Ispaniya chempionatida ikkinchi o’rinlar.


Sovrinlar uni afsonaga aylantirmadi. “Barselona” safida 2 marta Oltin to’pni yutdi, “Real”ni “Santiago Bernabeu”da 5:0 ga yutishga yordam berdi, o’g’liga kataloncha ism – Jordi ismini berdi. Kataloniya Kroyfning ikkinchi uyiga aylandi.


MLS

31 yoshida Kroyf yana Mixelsning ortidan bordi. Bu safar AQSHga. Yangi jamoasi - “Los-Andjeles Asteks”. Keyinroq esa boshqa jamoa – “Vashington Diplomats”ga o’tdi.

Yohan Amerikada 3 yil bo’ldi va shundan so’ng faoliyatini yakunlashi kerak edi. VA albatta, uni Amsterdamga kutishayotandi.