ONSIDE | Futbol yangiliklari

Lyubinko Drulovich O‘zbekiston OTJdan ketdi

1101 31.01.2020 12:27

O‘FA O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich bilan hamkorlikni davom ettirmaydigan bo‘ldi. "O‘FA bilan tuzgan shartnomam ertaga rasman yakuniga yetadi. Biz hamkorlikni davom ettirmaydigan bo‘ldik", - deydi mutaxassis.


Ta’kidlash kerakki, ayni paytda O‘FAda U-23 Osiyo Chempionati yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.


Eslatib o‘tamiz, serbiyalik murabbiy OTJni o‘tgan yili qabul qilib olgandi. Drulovich qo‘l ostida olimpiyachilarimiz U-23 Osiyo chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egallagan holda, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan edi.