ONSIDE | Futbol yangiliklari

Aziz G‘aniyev "Nasaf"ni tark etib, legionerga aylandi

1316 04.02.2020 19:54

Qarshining "Nasaf" klubi yarim himoyachisi Azizjon G‘aniyev faoliyatini BAA klubida davom ettiradi. CA nashrining ma’lumotiga ko‘ra, G‘aniev Dubay shahrining "Shabab Al Ahli" klubiga ko‘chib o‘tdi. "Nasaf" ushbu transfer orqali taxminan 5 milliard so‘m ishlab olgani aytilmoqda.
 

"Shabab Al Ahli" klubi OCHL-2020da "Paxtakor" bilan bir guruhdan joy olgan. 10-fevral kuni ushbu jamoa Toshkentda mehmon bo‘ladi. OCHL guruh bosqichiga futbolchilarni dastlabki o‘yin bo‘lishiga 7 kun qolganida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.


"Shabab Al Ahli"ni ayni paytda argentinalik Rodolfo Arrubarena bosh murabbiy bo‘lib ishlmoqda. Klub 14ta turdan so‘ng BAA chempionatida 35 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Klub bugun, 2-fevral kuni safarda "Al Fujayra"ga qarshi o‘ynaydi