ONSIDE | Futbol yangiliklari

YCHL. Haftaning eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi

404 21.02.2020 17:08

UEFA rasmiy sayti Chempionlar Ligasida hafta o‘yinchisini e’lon qildi.
 

Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Erling Holand Chempionlar Ligasining ushbu haftada o‘tkazilgan 1/8 final dastlabki o‘yinlarining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


19 yoshli Holand "PSJ"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi. "Borussiya" o‘sha o‘yinda parijliklarni 2:1 hisobida taslim etdi.


Holanddan tashqari ushbu sovringa Ugo Lyoris ("Tottenhem"), Renan Lodi ("Atletiko") va Hans Hatebur ("Atalanta")lar da’vogarlik qilayotgan edi.