ONSIDE | Futbol yangiliklari

OCHL-2020. 2-tur ramziy jamoasidan o'zbekistonlik futbolchi ham o'rin oldi

2312 21.02.2020 19:01

Yakuniga yetayotgan haftaning dastlabki 3 kunligida Osiyoning klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasida guruh bosqichi 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Musobaqada O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan yagona jamoamiz - "Paxtakor" ushbu turda Eronning "Shahr Xodro" klubini yirik, 3:0 hisobida taslim etganligidan xabaringiz bor.


Bellashuvda uchinchi golni urgan va himoyada ishonchli o'yin namoyish etgan Sherzod A'zamov OFK talqiniga ko'ra, 2-tur ramziy jamoasidan o'rin oldi.