ONSIDE | Futbol yangiliklari

Sterling "Real" haqida fikr bildirdi

396 21.02.2020 20:28

"Manchester Siti" hujumchisi Rahim Sterling "Real" klubining unga qiziqayotganligi borasidagi xabarlarga javob berdi.
 

"Manchester Siti"da baxtliman. Shu bilan birga yangi chaqiruvlar uchun doim ochiqman. "Real" - fantastik klub. Bu jamoaning qay daraja katta klub ekanligi barchaga ma’lum. Shunga qaramay, "Manchester Siti" bilan amalda shartnomam mavjud, buni hurmat qilishim kerak. Ammo, tan olaman "Real" chindanam fantastik klub", - deya Sterlingning so‘zlarini keltirmoqda AS.


Ma’lumot uchun, Rahim Sterling 2015-yildan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. Hujumkor yarimhimoyachi joriy mavsumda APL doirasida 23 o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol va 2ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.