ONSIDE | Futbol yangiliklari

Joau Felish safga qaytdi

169 21.02.2020 21:40

"Atletiko" forvardi Joau Felish umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi.
 

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Shuningdek, u bilan birgalikda Ektor Errera hamda Kiran Tripyer ham qaytishgan.


Felish jarohati bois 4ta o‘yinni o‘tkazib yubordi. Endi u katta ehtimol bilan "Vilyareal"ga qarshi o‘yinda qatnashishi kutilmoqda.


Ushbu mavsumda 20 yoshli hujumchi Premyeroning 17 o‘yinida qatnashdi va 2 gol urib, 1 golga assistentlik qildi.