ONSIDE | Futbol yangiliklari

Yevropa Ligasi. Haftaning eng yaxshi futbolchisi va ramziy jamoa e'lon qilindi

193 21.02.2020 22:01

Yevropa Ligasining 1/16 final birinchi o‘yinlari yakunlari bo‘yicha haftaning eng yaxshi futbolchisi va ramziy terma jamoasi aniqlandi. Bu haqda UEFAning "tvitter"dagi rasmiy sahifasi ma’lum qildi.


Eng yaxshi o‘yinchi deb "Espanyol"ga qarshi bahsda (4:0) xet-trik qayd etgan "Vulverhempton" hujumchisi Diogu Jota e’tirof etildi.

Hafta ramziy terma jamoasidan esa quyidagi futbolchilar o‘rin olishdi:


Darvozabon: Pau Lopes ("Roma");


Himoyachilar: Oliveyra ("Xetafe"), Godin ("Inter"), Koates ("Sporting"), Ture ("Ayntraxt");


Yarim himoyachilar: Kamada ("Ayntraxt"), Nevesh ("Vulverhempton"), Hadji ("Reynjers");


Hujumchilar: Kostich ("Ayntraxt"), Vetto ("Sporting"), Jota ("Vulverhempton").