ONSIDE | Futbol yangiliklari

OCHL-2020. "Al Hilol" - "Paxtakor" o‘yini boshqa muddatga qoldirildi

3069 28.02.2020 17:50

Osiyo Chempionlar Ligasining 3-turidan o‘rin olgan "Al Hilol" - "Paxtakor" uchrashuvi boshqa muddatga qoldirilgani haqida OFK rasmiy xat yo‘lladi.
 

Jahon bo‘ylab tarqalayotgan koronavirus xavfi sababli va Saudiya Arabistoniga kirish vizasi boshqa mamlakatlar fuqarolari uchun viza berishni to‘xtatib qo‘ygani sababli o‘yin noma’lum muddatga qoldirildi. Bundan oldin bizning mintaqada Eron klublari ishtirokidagi o‘yinlar ham bekor qilingandi. OFK Chempionlar Ligasining keyingi holati yuzasidan tez orada yig‘ilish o‘tkazadi.