ONSIDE | Futbol yangiliklari

Milliy terma jamoamiz a'zosi Chiroqchi xalqi uchun katta xayriyaga qo'l urdi

1795 28.03.2020 19:57

Hozirda global dunyo koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun birlashmoqda. Turli xil soha vakillari haminqadar o'z yordamlarini ayashmayapti, Otabek Shukurov ham o'zi tug'ilib o'sgan Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanidagi kam ta'minlangan oilalarga yordam bermoqchi.
 

Championat.asia'ning yozishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Chiroqchi tumanidagi mahallalarda istiqomat qiladigan va karantin davrida ishsiz qolgan muhtojlarga beg‘araz yordam qo‘lini uzatmoqchi. Bugun futbolchi Chiroqchi bozoridan kunlik ehtiyoj uchun kerak bo‘ladigan 100 million so‘mga yaqin mahsulotlarni (kartoshka, go‘sht, piyoz, un-yog‘ va hokazo) xarid qilgan va ertaga uni muhtoj oilalarga tarqatishni boshlaydi.


Mana shunday og'ir kunlarda o'z xalqini va vatandoshlarini, ayniqsa yordamga muhtoj qatlamni unutmagan futbolchimizga minnatdorchilik bildirib, qolgan futbol shaxslarini ham bu borada faollikka chorlab qolamiz!