ONSIDE | Futbol yangiliklari

"MYU" Saul uchun 80 million yevro sarflashi mumkin

134 02.04.2020 11:05

"MYU" rahbariyati va murabbiylar shtabi Pol Pogbaning o'rniga munosib nomzodni ko'rib chiqishmoqda. Bu haqda AS xabar beradi.


Manga ko'ra, "Atletiko" yarim himoyachisi Saul Ngues uchun mankunianliklar 80 million yevrodan ortiq pul sarflamoqchi emas. Ammo futbolchining tovon puli 150 million yevroni tashkil etadi.


Ma'lumot uchun, joriy mavsum 25 yoshli ispaniyalik futbolchi 37 o‘yinda qatnashib, 4ta gol urishga erishdi.