ONSIDE | Futbol yangiliklari

La Liga klublar uchun mashg'ulot dasturlarini ishlab chiqdi

181 02.04.2020 11:53

La Liga rahbariyati koronavirus COVID-19 pandemiyasi pasayganidan keyin klublarni mashg‘ulotlarga qaytarish borasida reja tayyorladi.


AS'ning xabariga ko'ra, tashkilot chempionat tiklangach, o‘yinchilar 15 kunlik mashg‘ulot o‘tkazishlari kerakligini ta’kidlamoqda. Mashg‘ulotlar dasturi 4 bosqichni o‘z ichiga oladi: mashg‘ulotlarga tayyorgarlik, individual mashg‘ulotlar, 8 o‘yinchidan iborat 3 guruhdagi mashg‘ulotlar va butun jamoa holidagi to‘liq tayyorgarlik.


Shuningdek, mashg‘ulotlarga qaytishdan avval barcha futbolchilar va ular bilan yashaydigan odamlar koronavirus uchun test topshirishadi. Ijobiy natijalar qayd etilsa, futbolchilar yana izolyatsiyaga olinishi mumkin.


Ma’lumot uchun, Ispaniyada hozirgacha 95923 kishi koronavirus bilan kasallanib, 8464 kishi vafot etdi.