ONSIDE | Futbol yangiliklari

Sulsher shifokorlar haqida: "Ular haqiqiy qahramonlar"

92 02.04.2020 12:49

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashayotgan shifokorlarni haqiqiy qahramonlar deb atadi.
 

"Bizni ba’zan qahramonlar deb atashadi, biroq hozirgi vaqtda sog‘liqni saqlash xizmati xodimlari haqiqiy qahramonlardir. Biz esa ularni faqat qo‘llab-quvvatlashimiz mumkin. Futbolning qaytishini intizorlik bilan kutyapmiz. Ungacha esa barchamiz uyda qolishimiz va mutaxassislarning ko‘rsatmalariga amal qilishimiz kerak", – deb Sulsherning so‘zlarini keltirmoqda klub raymiy sayti.


Eslatib o‘tamiz, Angliya Premyer-Ligasi COVID-19 koronavirusi tufayli to‘xtatilgan.