ONSIDE | Futbol yangiliklari

Klopp Germaniya terma jamoasida Lyovning o'rnini egallashi mumkin

232 02.04.2020 15:09

Ayni paytda "Liverpul" jamoasiga bosh murabbiylik qilayotgan Yurgen Klopp kelajakda Germaniya terma jamoasini boshqarishi mumkin.
 

The Mirror xabariga ko‘ra, 52 yoshli mutaxassis termaning hozirgi ustozi Yoaxim Lyovning o‘rnini egallash varianti ko‘rib chiqilmoqda.
 

Qayd etish kerakki, Klopp "Liverpul"ga 2015-yilning kuzida kelgan va sal oldinroq klub bilan 2024-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan.
 

Ma'lumot uchun, "Liverpul" APLning 29 turidan so‘ng 82 ochko to‘plagan holda jadvalda peshqadamlik qilmoqda.