ONSIDE | Futbol yangiliklari

Dibala Ronalduga: "Seni Argentinada yomon ko'rishadi"

798 02.04.2020 16:19

Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Paulo Dibala Krishtianu Ronaldu bilan Argentinada portugaliyalik futbolchiga bo‘lgan munosabat haqida suhbatlashishganini aytdi.


"Ronalduga Argentinada seni biroz yomon ko‘rishadi, bunga sabab sening fe’l-atvoring va o‘zingni tutishingdir. Biroq sen meni hayron qoldirding, chunki umuman boshqa insonni ko‘rdim, deb aytgandim.


U esa menga bu haqida yaxshi bilishini va bunday deyishlariga ko‘nikib qolganini bildirgandi", – deya Dibalaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca.