ONSIDE | Futbol yangiliklari

Tahlil. Shomurodov "Bordo"ga o'tsa kimlar bilan raqobatlashadi?!

2017 07.05.2020 14:51

Bir necha kun oldin Fransiyaning "Bordo" jamoasi hamyurtimiz Eldor Shomurodov transferiga qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik. Keling, endi barchasi fransuz klubi o'ylagandek kechdi-yu, yozda Eldor "Bordo" a'zosiga aylandi deylik. Hujumchimiz o'zining yangi jamoasida kimlar bilan raqobat qilishini batafsil yoritib o'tmoqchimiz.

Jimmi Briand (Fransiya, 34 yosh)


Jimmi asli kelib chiqishi fransuz bo'lmasa ham shu diyorda tug'ildi va voyaga yetdi. Fransuz futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Fransiya yoshlar terma jamoasida to'p tepgan, shuningdek, 2008-2012 yillarda Fransiya terma jamoasiga ham chaqirilgan.


Briand faoliyati davomida "Renn", "Lion", "Gannover" va "Gengam" jamoalarida o'ynagan, hozirda esa "Bordo" a'zosi. Hujumchi Fransiya terma jamoasida 5 ta o'yinda maydonga tushgan, biroq gol urishga erisholmagan.


Fransiyalik forvard joriy mavsum Liga 1'da 22 ta o'yinda 7 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan.

Nikolas De Previl (Fransiya, 29 yosh)


Nikolas ham fransuz. Faoliyatining katta qismini quyi liga jamoalarida o'tkazgan. "Lill" va "Bordor" kabi nomdor jamoalarda to'p tepishga erishgan. Fransiya U-20 terma jamoasida 5 uchrashuvda qatnashgan va 3 ta golga mualliflik qilgan.


Bu mavsumda hujumchi Fransiya chempionati doirasida raqiblar darvozasiga 6 ta gol urdi.

Josh Maya (Nigeriya, 21 yosh)


Josh Nigeriya fuqarosi hisoblanib, o'tgan yili "Sanderland" safidan "Bordo"ga kelib qo'shilgan edi. Hujumchi 2019/20-yilgi mavsumda Liga 1 doirasida 21 uchrashuvda 6 ta gol kiritgan.

Hamyutimiz bu mavsumda RPLda 22 o'yinda maydonga chiqib, 11 bor raqibni ranjitgan.


Ma'lumot uchun, Shomurodovga "Bordo"dan tashqari yana bir necha nomdor jamoalar ham qiziqmoqda.


>> Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgan jamoalar