ONSIDE | Futbol yangiliklari

Rasman: O'zbekistonda futbol o'yinlariga ruxsat berildi

2335 30.05.2020 10:55

Shu kunlarda ko'pgina o'zbekistonlik futbol ishqibozlarini qiziqtirayotgan savolga nihoyat Maxsus komissiya tomonidan javob berildi.
 

"Futbol bo‘yicha xalqaro va ichki musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish hamda ularda qatnashish maqsadida professional futbol klublariga o‘z o‘quv mashg‘ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda boshlashga hamda, 2020-yil 5-iyundan boshlab O‘zbekiston professional futbol ligasi chempionatlarini TOMOSHABINLAR ISHTIROKISIZ davom ettirishga ruxsat berildi", deb yozadi "Koronavirus Info" kanali.