ONSIDE | Futbol yangiliklari

A Seriya jamoasi "Nyukasl" futbolchisiga qiziqmoqda

289 03.06.2020 10:11

"Udineze" jamoasi "Nyukasl" yarim himoyachisi Metti Longstaffni o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar bermoqda Sky Sports.


"Nyukasl" futbolchisi Italiya klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi.


Manbaning yozishicha, Longstaff "Udineze" klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.


Longstaff "Nyukasl"ning asosiy tarkibida debyut qilishga ulgurdi va APLda 12 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol kiritdi.