ONSIDE | Futbol yangiliklari

Umtiti va Fati safga qaytishdi

108 03.06.2020 11:31

"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti va jamoa vingeri Ansu Fati jamoa mashg‘ulotlariga qaytishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
 

Umtiti 9-may kuni "Barsa" mashg‘ulotida boldiridan jarohat olgan edi. Fati esa o‘tgan haftada tizzasida og‘riq his qilgani uchun bir necha kun davomida mashg‘ulotlarda ishtirok eta olmadi.


Eslatib o‘tamiz, La liga 11-iyun kuni qayta boshlanadi. "Barselona" ilk uchrashuvni 13-iyun kuni safarda "Malyorka"ga qarshi o‘tkazadi.