ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Sport-TV" Superliganing barcha o‘yinlarini jonli translyatsiya qiladi

288 03.06.2020 12:26

13-iyun sanasidan qayta boshlanadigan Superliganing barcha o‘yinlari "Sport-TV" orqali jonli translyatsiya qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev xabar tarqatdi.
 

"Sport-TV barcha uchrashuvlarni jonli namoyish etish ustida ishlayapti. Qaysi o‘yinlar qaysi kanallardan namoyish etilishi tez orada ma’lum bo‘ladi", - deya ma’lumot tarqatdi Diyor Imomxo‘jayev.


Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda "Sport TV"da bilan birgalikda "Mahalla" telekanali orqali ham ba’zi o‘yinlar translyatsiya qilingan edi.