ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Real" Ramos "PSJ"dan o'rinbosar topdi

654 03.06.2020 13:47

"PSJ" himoyachisi Nyanzu Kuassi Madridning "Real" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
 

Ispan klubi yosh markaziy himoyachini kuzatmoqda va mavsumlar oralig‘ida u bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘radi.
 

"Qirollik klubi" rahbariyati 17 yoshli o‘yinchiga Serxio Ramosning ehtimoliy o‘rinbosari sifatida qaramoqda.


Kuassining "PSJ" bilan tuzgan shartnomasi tugash arafasida va u bitim yakunlangandan so‘ng erkin agentga aylanadi.