ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Arsenal" sobiq futbolchisi murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi

272 03.06.2020 14:46

"Arsenal" jamoasi sobiq futbolchisi Rober Pires murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi ekanligini aytdi.
 

"Murabbiylik - ajoyib ish, hatto u qiyin bo‘lsa ham. Men yaqin kelajakda murabbiylik kurslarida qatnashaman. O‘qish uchun Ispaniyaga yo‘l olmoqchiman.
 

Qaysi jamoani shug‘ullantirishni xohlayotganimni ayta olmayman. To‘g‘risini aytganda, bunchalik oson tanlov qila olmayman. Siz murabbiylik faoliyatingizni qayerda olib borishingizni bilmaymiz", - deydi Pires.


Eslatib o‘tamiz, Pires 2000-2006 yillar davomida "Arsenal" sharafini himoya qilgan. Rober londonliklar safida 283ta o‘yinda maydonga tushib, 85ta gol urishga erishgan.